Urganch davlat universiteti
|
Biz haqimizda Urganch davlat universiteti ilgaridan faoliyat ko'rsatib kelgan Xorazm davlat pedagogika instituti asosida tashkil topdi. Xorazm Davlat pedagogika instituti 1 sentyabr 1942 yilda to'liqsiz oliy ma'lumotli o'qituvchilar tayyorlaydigan institut asosida tashkil topgan. Institut tarkibida 4 ta fakultet mavjud edi: fizika-matematika, o'zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991 yilga kelib XDPI da 6 ta fakultet va 22 kafedra faoliyat olib borgan. Urganch davlat universiteti Urganch davlat universiteti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan. Urganch davlat universitetida 10 ta fakultet,34 ta kafedra faoliyat ko'rsatib, ularda 47 ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar,21 ta mutaxassislik bo'yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo'limida 12283 nafar, magistraturada 156 nafar, jami 12283 nafarni tashkil etadi. Universitetda to'liq shtat bo'yicha jami 653 nafar professor-o'qituvchilar ta'lim jarayonida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shundan: fan doktori, professorlar 15 (2,3%), fan nomzodi, dotsentlar 147 (22,5%), 110 (16,9%) katta o'qituvchi va 381 (58.3 %) assistent o'qituvchilar faoliyat ko'rsatishmoqda. Universitetda ilmiy darajali professor-o'qituvchilar salmog'i 24% ni tashkil etadi. Universitetda 8 ta o'quv binosi, 4 ta talabalar turar joyi bo'lib, unda yashayotgan talabalar soni 1058 nafar. Madaniyat saroyi, sport majmuasi, ARM binolari mavjud. O'quv laboratoriyalarining umumiy maydoni 40416 kv.m. Bir talabaga to'g'ri keladigan foydali maydon 3.2 kv.m. O'quv auditoriyalari soni 218 ta. Laboratoriya xonalari 45 ta, lingafon sinflari 12 ta (laboratoriya jihozlari bilan ta'minlanganlik 98%). Kompyuter sinflari soni 43 ta, jami kompyuterlar soni 1445 ta, (1 ta kompyuterga 7 nafar talaba to'g'ri keladi). Internetga ulangan kompyuterlar soni 1050 ni tashkil etadi. Kadrlar tayyorlash bilim sohalari bo'yicha. 1. Ta`lim sohasi: talabalar soni 4360 (35.4 %); 2. Gumanitar soha talabalar soni 2179 (17.8 %); 3. Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq - talabalar soni 382 (3.2 %); 4. Fan sohasi: talabalar soni 2153 (17.5 %); 5. Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari: talabalar soni 2404 (19.6 %); 6. Qishloq va suv ho'jaligi - talabalar soni 339 (2.7 %); 7. Xizmatlar sohasi - talabalar soni 466 (3.8 %); Davlat granti bo'yicha bakalavriatda 2455 (umumiy davlat grantiga nisbatan 19.9%), magistraturada 40 (0.32 %)). Talabalar kontingenti o'qitish tillari kesimida: - O'zbek tilida 11599 (94.4%); - Rus tilida 684 ( 5.5%); Boshqa viloyatlardan kelib o'qiyotganlar 263 (2.1 %). Chet ellik talabalar soni 922 (Turkmanston Respublikasi 919, Rossiya Federatsiyasi 3). 2017/2018 o'quv yilida 1886 bakalavr, 27 magistr bitirdi (shu jumladan davlat granti bo'yicha bakalavriatda 577 (30.5 %), magistraturada 11 (40.7 %)). 2018/2019 o'quv yilida 2543 bakalavr, 78 magistr qabul qilindi (shu jumladan davlat granti bo'yicha bakalavriatga 683 (26.8%), magistraturaga 21 (26.9%)). O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlari, Davlat nomli stipendiatlar, Xalqaro musobaqalar sovrindorlari, respublika sport musobaqalari sovrindorlari, ko'rik-tanlovlar g'oliblari haqida ma'lumot. 2018-2019 o‘quv yilida nomdor stipendiatlar: -Filologiya fakultetidan 4 kurs nemis tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Ismailova Iroda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi; -Filologiya fakulteti 4 kurs xorijiy til ta’lim yo‘nalishi talabasi Madiyarova Volida va 3 kurs o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Atabaev Akbar Navoiy davlat stipendiyasi, -Fizika-matematika fakulteti 4 kurs amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi talabasi Ismailov Muhiddin Ulug‘bek davlat stipendiyasi; - Tabiiy fanlar fakultetidan 4 kurs geodeziya va kartografiya ta’lim yo‘nalishi talabasi Avezov Navro‘z Beruniy davlat stirendiyasi; -Tabiiy fanlar fakulteti 4 kurs biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi Iskandarov Abdulla Islom Karimov davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdilar. 2018 yil davomidagi ilmiy va o'quv-uslubiy ishlar natijalari . Chop etilgan: 407 ta ilmiy maqola (ulardan 160 tasi chet elda); 4 ta monografiya; 1 145 ta o'quv-uslubiy majmualar tayyorlangan; 6 ta o'quv qo'llanma. Chet el grantlari: Umumiy qiymati 1174550 mln evrolik 4 ta loyiha bajarilmoqda. ITI davlat grantlari bo'yicha: 556 442 ming so'mlik bajarildi. ITI bo'yicha xo'jalik shartnomalari 56.2 mln. so'mlik bajarildi. ITIda 26 nafar professor-o'qituvchi, 3 nafar talaba ishtirok etdi. Tayanch doktorant 43 nafar. Oxirgi 3 yilda doktorlik himoya qilgan Urganch davlat universiteti xodimlari soni (2-2016 y., 4-2017 y., 18-2018 y.) Bizning fakultetlar Urgench State University includes 8 faculties, 30 departments, where 42 directions train bachelors, and masters in 15 specialties. * Mathematics * Physics * Geology and geoinformation systems * Geography and natural resources * Chemistry * Biology * Social sciences * History * Economics * Foreign Philology * Journalism * Taekwondo and sport studies * Uzbek-Israel joint faculty of Mathematical engineering and computer science Universitetda 8 ta o'quv binosi, 4 ta talabalar turar joyi bo'lib, unda yashayotgan talabalar soni 1058 nafar. Madaniyat saroyi, sport majmuasi, ARM binolari mavjud. O'quv laboratoriyalarining umumiy maydoni 40416 kv.m. Bir talabaga to'g'ri keladigan foydali maydon 3.2 kv.m. O'quv auditoriyalari soni 218 ta. Laboratoriya xonalari 45 ta, lingafon sinflari 12 ta (laboratoriya jihozlari bilan ta'minlanganlik 98%). Kompyuter sinflari soni 43 ta, jami kompyuterlar soni 1445 ta, (1 ta kompyuterga 7 nafar talaba to'g'ri keladi). Internetga ulangan kompyuterlar soni 1050 ni tashkil etadi. O'qish muddatlari Bachelor's degree (4 years of study) with 46 education programms Master's degree (2 years of study following B.Sc.) with 76 Master's programms Ph.D. (3 years after Master's )with 68 Ph.D programm D.Sc. (2-3 years after Ph.D.) Transport vositalari Avtobus: 7.
|
|
|